O‘quv qo‘llanma. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2015. — 256 b.
Qo‘llanmaning maqsadi grafik dizayn elementlari, hamda kompyuter grafikasi asoslari: geometrik almashtirishlar, geometrik proeksiyalash, rastr grafikasi, rang va yorug‘lik va hokazolar haqida tushuncha berish. Bir so‘z bilan aytganda realistik tasvirlarni yaratish va ularni harakatini bajarish. Shuningdek geometrik almashtirishlar, geometrik proeksiyalash, rastr grafikasi, rang va yorug‘lik bilan ishlashni OpenGL grafik kutubxonasi yordamida amalga oshirish. Bunda OpenGL grafik kutubxonasi buyruqlarini asosiy sintaksisi va ularni ishlatish yordamida real tasvirlarni yaratish keltirib o‘tilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari va barcha qiziquvchular foydalanishlari mumkin.